
"Barselona" etakchisi faoliyatini APL grandida davom ettirishi mumkin
Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong yozgi transfer oynasida "Barselona"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchini APLning ikki grand klubi, “Arsenal” va “Liverpul" o‘z safida ko‘rishni xohlaydi.
“Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati de Yongni sotish orqali 50–70 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda. 27 yoshli futbolchining “Barselona” bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali de Yongning bozor qiymatini 45 million evroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 2019 yilda 85 million evro evaziga "Ayaks"dan "Barsa" safiga qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda Frenki barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar