“Barselona” Chempionlar ligasida sakkizta yosh futbolchini o‘ynatmoqchi

  • 6 sentabr, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati UEFAga Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim qildi.

Tecno

Xavi Ernandes boshchiligidagi murabbiylar shtabi ro‘yxatga sakkiz nafar yosh o‘yinchini qo‘shishiga to‘g‘ri keldi.

Transfer oynasining so‘nggi kunlari jamoani Ez Abde, Erik Garsiya, Kleman Langle va Ansu Fati tark etganidan keyin asosiy tarkibda jami 19 nafar o‘yinchi qoldi.

Sakkiz nafar yoshlardan biri “Barsa Atletik” klubidan qabul qilingan iste’dodli o‘yinchi ekani aytilmoqda.

Anxel Alarkon, Mark Kasado, Aleysh Garrido va Fermin Lopes birinchi jamoada o‘tgan mavsumda debyutini nishonlagan.

Chempionlar ligasi ro‘yxatiga ikki darvozabon – Ander Astralaga va Diego Koxen, shuningdek, markaziy himoyachi Pau Kubarshi ham qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!