
"Barselona" Bundesligadan super yulduz olib kelishi mumkin
Ispaniyaning "Barselona" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Leroy Sanega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Kataloniya klubi yozda futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Sababi, uning "Bavariya" bilan shartnomasi yozda tugaydi. Sanening o‘zi "Bavariya" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Uning asosiy maqsadi - Bundesligada qolish.
"Barselona" hozircha futbolchiga taklif bermagan. Futbolchining "Bavariya" bilan shartnoma uzaytirilmasligi va erkin agent bo‘lishi aniq bo‘lgandan so‘ng, u bilan muzokaraga kirishishi mumkin.
Ma’lumot uchun, germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda umumiy 19 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarktdagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 45 million evroni tashkil etmoqda.
Fikrlar