
"Barselona" 18 soniya kechikkani uchun muhim transferi amalga oshmadi
"Barselona"ning muhim transferi barbod bo‘ldi.
Kataloniya klubi "Los-Anjeles Gelaksi" bilan himoyachi Xulian Arauxo borasida kelishib olgandi. Unga ko‘ra, ispan grandi meksikalik futbolchi bilan 2026 yilning iyunigacha shartnoma imzolashi kerak edi. Ammo "Barsa" belgilangan muddatda sarmoya kiritmadi va ro‘yxatdan o‘tkazishga 18 soniya kechikdi.
Kataloniyaliklar kelishuvni yopish uchun FIFAga murojaat qilishdi. Biroq tashkilot o‘ng qanot himoyachisining transferi amaldagi qoidalarga ko‘ra yakunlanmaganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda "LA Gelaksi" safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar