
“Barsa”ning transferlari shu futbolchi “bo‘g‘ib” turibdi
“Barselona”ning hujumkor futbolchisi Rafinya boshqa klubga sotib yuborilmasa, kataloniyaliklar bu yoz yangi o‘yinchilarni xarid qila olmaydi. Bu haqda Sport.es sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublari braziliyalik legioner uchun kataloniyaliklarga 80 million evro to‘lashga tayyor.
“Barsa “ rahbariyati Rafinya o‘rniga undan yosh va o‘yin uslubi yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flik taktikalariga to‘g‘ri keladigan Niko Uilyamsni olib kelmoqchi.
Rafinyaning o‘zi Kataloniyadan ketishga ko‘nmayapti. Sport direktori Deku ham unga ortiqcha bosim o‘tkazmoqchi emas.
Rafinya yakunlanan mavsumda jami 37 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 10 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 13 ta golli pas uzatdi.
50 million evroga baholanayotgan o‘yinchining kataloniyaliklar bilan kelishuvi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar