“Barsa”ni menga topshiringlar!

  • 27 fevral, 2024, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” joriy mavsumda o‘tgan yili qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonini etarli darajada himoya qila olmayapti.

Tecno

Bosh murabbiy Xavi Ernandes mavsum oxirida kursisini bo‘shatishini ma’lum qilgan, klub rahbariyati uning tashabbusini qabul qildi.

Ayni paytda klub xo‘jayinlari munosib bosh murabbiy qidirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik mutaxassis Xans-Diter  Flik Kataloniyada ishlash niyatida. Germaniyalik mutaxassisning agenti Pini Zaxavi “Barselona”ning “Xetafe”ga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatgani aytilmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, taniqli agent o‘yin bahona “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashib, unga mijozining taklifini etkazgan.

59 yoshli nemis murabbiyi “Bavariya” va Germaniya terma jamoasini boshqargani bilan mashhur.Uning qo‘l ostida myunxenlik futbolchilar Germaniya chempionati va kubogi, Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!