"Barsa"ga AQShdan o‘yinchi kerak

  • 7 sentabr, 2022, 14:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub rahbariyatidan yozgi transferlar vaqtida yana bir o‘yinchini olib kelishni so‘ragan.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Xavi “Los Anjeles Gelaksi” himoyachisi Xulian Arauxoni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi. Bosh murabbiy talabiga qaramay, klub mutasaddilari bu xaridni transfer oynasi yopilgunicha amalga oshirishga ulgurmadi.

Endi kataloniyaliklar Arauxo transferiga kelasi yoz qaytadigan bo‘lyapti.

Meksikalik futbolchi “Los-Anjeles Gelaksi” safida 100 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan va jamoadoshlarini 12 marta golli pas bilan ta’minlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!