“Barsa”dan haydalgan Xavi endi nima qilishini aytdi

  • 26 may, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoa bosh murabbiyligidan Xavi Ernandesni iste’foga chiqarib, o‘rniga Xans-Diter Flikni olib kelishga qaror qilgan.

Tecno

Ishini yo‘qotgan ispaniyalik mutaxassis  endi nimalar qilishi haqida gapirdi.

- Faoliyatimdagi keyingi qadam qanday bo‘ladi? Men tanaffus olaman. Hordiq chiqarishga ehtiyojim bor.

Keyin esa, bo‘ladigan takliflarni muhokama qilib chiqaman. Ko‘ramiz, kelajakda nimalar bo‘larkin, - dedi Xavi Ernandes.

Xavi Ernandes “Barselona”ni ikki yarim yil davomida boshqarib, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!