“Barsa”dan bizga o‘t, milliarder bo‘lasan!

  • 27 yanvar, 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari “Barselona” etakchilaridan 22 yoshli Pedrini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar o‘z maqsadlari haqida Pedrining manfaatlarini himoya qilayotgan agentlik rahbarini xabardor qilgan. Tomonlar yaqinda Ispaniya Superkubogi uchun Saudiya Arabistonida tashkil etilgan uchrashuv chog‘ida muloqot qilgani aytilmoqda.

Saudiya Arabistoni etakchi klublari “Real” yulduzi Vinisius Juniorga ham ko‘z tikkan. Shu bois, shayxlar Pedri transferi va maoshini ham braziliyalik yulduz darajasida  belgilamoqchi.

Ma’lumki, saudiyaliklar Vinisius Junior uchun madridliklarga 350 million evro badal puli va o‘yinchining o‘ziga har mavsum uchun 200 million evrodan maosh to‘lashni va’da qilmoqda.

O‘z navbatda, Pedri Kataloniya klubi bilan tuzilgan va 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!