“Barsa”da qolmayman!

  • 20 may, 16:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng iqtidorli o‘yinchilaridan Pau Viktor yozgi transferlar davrida muhitni o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es sayti xabar tarqatdi.

Tecno

23 yoshli futbolchi joriy mavsum  Kataloniya klubidagi oxirgisi bo‘lishini ta’kidlagan. “Barselona” murabbiylar shtabi joriy mavsumda Pau Viktorga sekin-asta ishonch bildira boshladi.

Markaziy hujumchi barcha turnirlarda 28 marotaba maydonga tushirildi. Biroq umumiy o‘ynagan vaqti atigi 378 daqiqani tashkil qilmoqda. Kam vaqt o‘ynaganiga qaramay, ikkita gol va bitta assist qayd etgan futbolchini bu holat qoniqtirgani yo‘q.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik Pau Viktorni kelasi yilgi rejalariga kiritgan. Lekin bu hujumchining fikrini o‘zgartirgani yo‘q. U muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ilinjida boshqa klublarga o‘tishga tayyor.

Pau Viktor aslida “Jirona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaliklar uni 2023 yili ijaraga olib, yoshlar jamoasida o‘ynatgan va 2024 yilning yozida 2,7 million evroga to‘liq transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!