“Barsa”da katta yo‘qotish

  • 8 avgust, 19:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali jamoa to‘purari Robert Levandovski safdan chiqqani haqida ma’lumot tarqatdi.

Tecno

- Robert Levandovskining chap oyoq son mushaklari shikastlangan. Hujumchi oldinda bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Uning qachon maydonga qaytishi jarohatdan tiklanish jarayoni qanday kechishiga bog‘liq, - deyiladi klub bayonotida.

Ta’kidlash lozimki, “Barselona” 10 avgust kuni Joan Gamper kubogi doirasida Italiyaning “Komo” jamoasi bilan kuch sinashishi belgilangan.

36 yoshli polshalik forvard o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 52 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 32 ta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi. Levandovskining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!