“Barsa”da janjal: Yamal va Ansu Fati nega urishib qoldi?

  • 8 noyabr, 2024, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilari Lamin Yamal va Ansu Fati klub afsonasi – Lionel Messidan qolgan 10-raqamni talashib urishib qoldi.

Tecno

Bu raqam ko‘plab jamoalar kabi “Barselona”da ham muhim ahamiyat kasb etadi. Klubdan Lionel Messi ketganidan keyin o‘sha davrlarda endi porlab chiqqan Ansu Fatini argentinalik yulduzning vorisi bo‘lishiga ishonib, unga 10-raqam topshirilgan edi.

Ansu Fati ketma-ket og‘ir jarohat olganidan keyin endi asosiy tarkibga ham kira olmaydigan darajaga tushib qoldi. Lekin hamon 10-raqam 22 yoshli hujumkor futbolchiga tegishli bo‘lib turibdi.

“Barselona”ning bugungi kunda asosiy figurasiga aylanib borayotgan Lamin Yamal 10-raqamga o‘zi loyiq ekanini ta’kidlamoqda. 17 yoshli Lamin Fatidan 10-raqamni bo‘shatishni so‘radi. Lekin Ansu bunga ko‘nmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ansu Fati tez orada klubdan ketishi kutilmoqda. Agar bu ish amalga oshsa, Messidan qolgan raqam Lamin Yamalga o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Узимдааа Мендааа
08/11/2024 19:26
Юлдузлик касали бошланибди ку
Sunnatjon Hamdamov
08/11/2024 19:15
Yamal tinch yur uka
Birovdi norozi qilib ishing yurishmaydi 1ta jarohat olsang enangni kurasan formangni tiklaguningcha sani urningda yangi yamal paydo buladi
&
Усмонбек
09/11/2024 07:31
Эшитди е укиди гапизи ямал