
"Barsa"da ishlari yurishmagan futbolchiga zo‘r xaridor chiqdi
Transfer huquqi “Barselona”ga tegishli bo‘lgan bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanichda faoliyatini Evropada davom ettirishi uchun yana bir varianti bor.
AS xabariga ko‘ra, yarim himoyachining transferiga Lissabonning "Sporting" klubi qiziqish bildirmoqda. Portugaliya grandi 32 yoshli futbolchi uchun 10 million evro taklif qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Pyanich "Barselona"ga 2020 yilda ko‘chib o‘tgan, biroq jamoa tarkibida o‘z o‘rnini topa olmadi. Shundan so‘ng kataloniyaliklar uni o‘tgan mavsum “Beshiktosh”ga ijaraga berishga majbur bo‘ldi. Bosniyalik futbolchi Turkiya jamoasi safida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar