“Barsa” yulduzi: “Real” meni mensimagandi!

  • 26 mart, 2022, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da porlay boshlagan Pedri aslida “Real”da o‘ynamoqchi bo‘lganini tan oldi.

Tecno

- Men u erga borib, maydonlar qorligi uchun bir necha kun mashg‘ulot o‘tkaza olmadi. Keyin uch kun bir o‘zim shug‘ullandim. Shundan so‘ng, “Real” vakillari meni mashg‘ulotga jalb qildi va oxiri menga saviyam ularga to‘g‘ri kelmasligini aytishdi.

Hozir men o‘zim istagan joydaman. Boshida seni mensishmagani yoqmaydi, lekin keyinchalik bu ko‘proq mehnat qilish uchun qo‘shimcha ishtiyoq berar ekan. Hozir kim meni qaytarganini eslay olmayman. Agar uni ko‘rib qolsam, hozir “Barselona”da mazza qilib o‘ynayotganimni yuziga aytgan bo‘lardim, - dedi Pedri.

Pedri kataloniyaliklarning asosiy tarkibida 2020 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Joriy mavsumda iste’dodli o‘yinchi barcha turnirlarda 18 marotaba maydonga tushib, uchta gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!