"Barsa" yana bir futbolchini tekinga olmoqchi. Bu safargi nishon "Chelsi" etakchisi

  • 14 oktabr, 2021, 19:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta transferiga qiziqib qoldi. Bu haqda "Goal.com" nashri xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" ispaniyalik himoyachini kelgusi yil yozda tekinga o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. 

Sezarning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Hozircha London klubi rahbariyati va Aspilikueta o‘rtasida yangi shartnoma borasida muzokaralar yo‘q. 

Ma’lumot uchun, "Chelsi" sardori bu mavsum umumiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta assist yozdirib qo‘ydi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!