
“Barsa” uch yulduzdan voz kechdi
“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan bosh murabbiy Xans-Diter Flik yangi mavsum oldidan jamoa tarkibini tartibga solishni rejalashtirmoqda.
Germaniyalik mutaxassis tarkibda ortiqcha o‘yinchilarning borligi ichki muhitga salbiy ta’sir qilishini ta’kidlayapti. Deku boshchiligidagi sport bo‘limi mutasaddilari ham yarim himoya chizig‘ida ijrochilar keragidan ziyod, degan xulosaga keldi.
Sport nashrining yozishicha, kataloniyaliklar tarkibga kirishi qiyin kechishi kutilayotgan uch nafar futbolchi – Fermin Lopes, Mark Kasado va Andreas Kristensenni sotib yubormoqchi. Chunki hozirning o‘zida asosiy tarkibga kirish uchun Frenki de Yong, Pedri, Gavi, Dani Olmo va Mark Bernal o‘rtasida kuchli raqobat boshlangan.
Bu o‘yinchilarning har biri Kasadodan ancha ustun. Kataloniyaliklar Mark Kasadoni 30 million evrodan kam bo‘lmagan taklifga qo‘yib yuboradi.
Fermin Lopes transferi bo‘yicha “Manchester Yunayted” ish olib boryapti. Ruben Amorim jamoasiga qo‘shilishga moyillik bildirgan ispan futbolchisi APLning boshqa klublari va Saudiya Arabistonidan bo‘lgan takliflarni rad etdi.
Daniyalik Kristensen Flikka umuman kerak emas. Klub xo‘jayini Joan Laporta bu yarim himoyachining ketishi yangi ijrochilarni qaydnomadan o‘tkazishga yo‘l ochishini ta’kidladi.
Fikrlar