
“Barsa” to‘rt futbolchini hech kimga bermaydi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini jiddiy o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Maoshlar fondini qisqartirish uchun bir necha futbolchilarni sotib yubormoqchi. Jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes har qanday taklifga qaramay, Kataloniyada qoladigan to‘rt futbolchi nomini belgilab berdi.
Unga ko‘ra, klub rahbariyati yarim himoyachilardan Frenki de Yong, Gavi, Pedri hamda himoyachi Ronald Arauxo bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmaydi.
Manbaning ta’kidlashicha, qolgan birorta o‘yinchining joyi kafolatlanmagan va yaxshi taklif kelib tushgan taqdirda ular sotib yuboriladi.
Fikrlar