“Barsa”: Shu ikki futbolchi ketmasa, maoshini kesamiz!

  • 23 oktabr, 2021, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati anchadan beri braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino va frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtitini ketkazish yo‘lini topa olmayapti.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari klubdan ketishni istamayotgan ikki o‘yinchi bilan muzokara boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rahbariyat agar bu futbolchilar qolishni istasa, ularning maoshini sezilarli darajada pasaytirmoqchi.

Joriy mavsumda Koutino besh marta maydonga tushib, bitta gol urishga ham erishdi. Umtiti esa, Ispaniya chempionatida hali birorta o‘yin o‘tkazmagan yagona himoyachi hisoblanadi.

Bosh murabbiy Ronald Kuman keyinchalik ham bu o‘yinchilarga jiddiy e’tibor qaratmoqchi emas. Koutinoga Angliyadan takliflar bo‘lyapti. Biroq uning maoshi kattaligi transferga to‘sqinlik qilmoqda. Umtiti esa, Kataloniyada qolish ilinjida o‘ziga bo‘lgan barcha takliflarni rad etib kelyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!