
“Barsa”: Sen hech kimga kerakmassan, shartnomani buzamiz!
“Barselona” sport direktori Deku yangi mavsum oldidan bosh murabbiy Xans-Diter Flik boshqaruvidagi murabbiylar shtabi rejasiga kiritilmagan o‘yinchilardan qutilishga harakat qilmoqda.
Kataloniyani tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilardan biri Oriol Romeudir. Klub 33 yoshli yarim himoyachini transferga qo‘yganiga ancha bo‘ldi.
Biroq bu muddat ichida Romeuga qiziqish bildirgan va uni olishga harakat qilgan birorta xaridor chiqmadi. Kataloniyaliklar tajribali futbolchini bepul qo‘yib yuborishga ham tayyor.
Jurnalist Gabriel Sansning ma’lum qilishicha, “Barselona” futbolchi bilan amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilishni istayapti. Ayni paytda mutasaddilar Romeuning agentlari bilan bu masalani muhokama qilyapti.
Oriol Romeuning klub bilan shartnomasi yana bir yil davom etishi belgilangan.
Fikrlar