“Barsa” “Real”ni sharmanda qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

  • 14 yanvar, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda “Barselona” futbolchilari ashaddiy raqib – “Real”ni 5:2 hisobida engib, bosh sovrin sohibiga aylandi.

Tecno

Bu bahs neytral maydon – futbol markaziga aylanib borayotgan Saudiya Arabistoni poytaxti Jiddadagi arenada tashkil etildi.

Opta Sport statistika markazining ma’lum qilishicha, yirik hisobda yakunlangan o‘yin kataloniyaliklarga yangi tarixiy natija olib keldi.

Manbaga ko‘ra, ikki jamoaning uzoq yillik raqobati tarixida “Barselona” ilk marotaba ketma-ket ikkita uchrashuvda “Real” darvozaiga to‘rtta va undan ko‘p to‘p kiritdi.

Xans-Diter flik shogirdlari jamoalarning La Liga 11-turida yuz bergan avvalgi to‘qnashuvida madridliklar darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!