“Barsa” o‘yinchisi faoliyatidagi birinchi golini urdi

  • 4 sentabr, 2022, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ispaniya chempionatining to‘rtinchi turida “Sevilya” mehmoni bo‘lib, safardan uch ochko bilan qaytdi.

Tecno

Kataloniyaliklarga uch ochko keltirgan gollarni Rafinya, Robert Levandovski va Erik Garsiya kiritdi.

Erik Garsiya uchun bu bahs tarixiy ahamiyat kasb etdi. Himoyachi kutilmaganda raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va Jyul Kunde uzatgan to‘pni darvoza to‘riga joyladi. Bu markaziy himoyachining faoliyatidagi birinchi goli sifatida qayd  etildi.

Ispaniyalik futbolchi “Barselona” va “Manchester Siti” klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kataloniyaliklar bir yil muqaddam uni Angliyadan qaytarib kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!