
“Barsa” Olmo uchun bir futbolchisini “qurbon” qiladi
“Barselona” rahbariyati yozda olingan Daniel Olmoni chempionatning ikkinchi qismi uchun La Liga qaydnomasidan o‘tkazish yo‘llarini qidirmoqda.
Klubning moliyaviy ahvoli mutasaddilariga ispaniyalik futbolchini liga ro‘yxatidan o‘tkazish imkonini bermayapti.
Olmo o‘zaro shartnomaga ko‘ra, klub uni ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan taqdirda boshqa klubga bepul o‘tib ketish huquqiga ega.
Kataloniyaliklar bu o‘yinchini olib qolish uchun boshqa futbolchini “qurbon” qiladigan bo‘ldi. Jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, “Barselona” himoyachi Andrea Kristensenni 30 million evroga sotib yuboradigan bo‘lyapti.
Transfer News Live nashriga ko‘ra, ayni paytda jarohatidan tiklanayotgan Kristensenni Italiya va Angliya klublari o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kutilyapti.
Fikrlar