
“Barsa” MYu bilan yulduzlarni alishmoqchi
“Barselona” va “Manchester Yugnayted” asosiy tarkibga kira olmay qolayotgan yulduzlarini rokirovka qilishni mo‘ljallayapti.
Kataloniyaliklar Angliyaga Filippe Koutinoni jo‘natmoqchi. O‘z davrida “Liverpul”da porlagan braziliyalik pleymeyker ispan futbolida o‘zini ko‘rsata olmadi. Shu bois, klub mutasaddilari uni “Manchester Yunayted”ga sotish yoki boshqa futbolchiga alishtirish masalasini ko‘targan.
“Barselona”ni manchesterliklar safidagi frantsiyalik hujumchi Antonio Marsyal qiziqtirmoqda.
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik ham tarkibda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’kidladi. Biroq, klub mutasaddilari rokirovka masalasida “Barselona” taklifga javob bergani yo‘q.
Fikrlar