
“Barsa” kutayotgan Kavani raqibga o‘tib ketadi
“Barselona” mutasaddilari “Manchester Yunayted” rahbariyatini Edinson Kavanini qo‘yib yuborishga ko‘ndira olmayapti.
Urugvaylik hujumchining o‘zi kam o‘ynayotgani bois tezroq yangi jamoaga o‘tmoqchi. Qolaversa, Evropada qishki transfer oynasi qisqa muddatga ochilishini inobatga olgan Kavani yangi ish joyi masalasini imkon qadar tezroq hal qilmoqchi.
Endi “Barselona” o‘z nishonini qo‘ldan chiqarishi mumkin. Tajribali to‘purarga “Sevilya” og‘iz sola boshladi.
Bu vaziyatda ko‘p narsa Kavanining tanloviga bog‘liq bo‘ladi.
Edinson joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar