
“Barsa” Gavining ahvolidan shokka tushdi
“Barselona” etakchilaridan Gavi tizzasidan olgan jarohatini operatsiya qildirishga majbur bo‘ldi. AS nashrining ma’lum qilishicha, o‘yinchining ahvoli yaxshi emas.
Manbaga ko‘ra, Gavini operatsiya qilgan jarroh 21 yoshli o‘yinchining jarohatlangan tizzasining ahvoli kutilganidan ancha og‘ir holatda ekaniga guvoh bo‘lgan.
Gavi endi kamida kelasi yilning fevral oyigacha maydonga qayta olmasligi ta’kidlandi.
Bu xabarni eshitib, jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shokka tushgani aytilmoqda. Germaniyalik mutaxassisning Gavidan umida katta edi.
Eslatib o‘tamiz, Gavi avgust oyining boshida jarog‘at olgan edi. Joriy mavsum atigi ikkita uchrashuvda qatnashishga ulgurdi va o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar