"Barsa" futbolchisining Madrid klubiga o‘tish ehtimoli nolga teng

  • 30 sentabr, 2022, 10:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha OAVda "Barselona" himoyachisi Jerar Pike "Atletiko"ga o‘tishi borasida xabarlar tarqaldi. Biroq aniqlik kiritilishicha, futbolchi madridliklar safiga o‘tamaydi.

Tecno

35 yoshli himoyachi ushbu mavsum kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda va shuning uchun matbuot uni "Barselona"dan ketishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Ispan nashrlari Jerarni "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy raqobatchilaridan biri - "Atletiko"ga o‘tishi borasida xabar berdi. Biroq, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb aniqlik kiritdi "Sport" sayti. Tajribali futbolchining poytaxt klubiga o‘tish ehtimoli hozircha nolga teng.

Jerar Pike ushbu mavsum "Barselona" safida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!