"Barsa" futbolchisi faoliyatini A seriyada davom ettiradigan ko‘rinadi

  • 25 avgust, 2022, 13:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti tez orada "Lechche" bilan shartnoma imzolaydi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano tvitterda.

Tecno

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klublar 28 yoshli frantsiyalik futbolchini 2023 yilgacha ijaraga berish bo‘yicha kelishib olgan.

Qayd etilishicha, shu hafta himoyachi Italiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng transfer rasman yakunlanadi.

Avvalroq Kataloniya klubi Umtiti bilan shartnomani 2026 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirgan va uning maoshini qisqartirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!