“Barsa”: Bu o‘yinchini olsak, “Real” janjal qiladi!

  • 2 iyun, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” murabbiylar shtabi “Real”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Marko Asensioga jiddiy qiziqish bildiryapti.

Tecno

Ispaniyalik hujumkor futbolchi madridliklarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmadi va tez orada erkin agentga aylanadi.

Xavi Ernandes Asensioni “Barselona” o‘yin uslubiga juda mos tushadigan o‘yinchi sifatida biladi va uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Jurnalist Rojer Torelloning aytishicha, kataloniyaliklar Asensioni transfer qilishdamalgan hayiqmoqda. Ular ashaddiy raqib – “Real” bilan mojaroga bormaslik uchun Xavi Ernandesning Marko Asensioni olib kelish haqidagi so‘rovini amalga oshirmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!