
“Barsa” ashaddiy raqibdan futbolchi so‘rayapti
Himoyachilar muammosiga duch kelgan “Barselona” rahbariyati La Ligadagi ashaddiy raqobatchilaridan hisoblangan “Atletiko” futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Kataloniyaliklar Madrid klubi safida o‘ynayotgan braziliyalik Felipe Augustoni himoyadagi kemtiklarni yopishiga ishonmoqda. Ular 31 yoshli legionerni mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa uchta musobaqada g‘oliblik uchun kurashishni maqsad qilgani bois ishongan futbolchilaridan birini qo‘yib yuborishni istamayapti. Lekin klub rahbariyati Felipe uchun kataloniyaliklar kattaroq mablag‘ to‘lasa, futbolchini jo‘natishga rozilik bergan.
Fikrlar