
“Barsa” 150 million evro turadigan yulduzni nishonga oldi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta bir necha kun avval klubning moliyaviy muammolarini bartaraf etgani va iqtisodiy qiyinchiliklar ortda qolganini ma’lum qilgan edi.
Endi bu yangilik ortidan kataloniyaliklar qimmatbaho transferlarga tayyorligi haqida xabarlar tarqala boshladi.
“Barselona” yaqin kelajakda Robert Levandovskining o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirayotgani haqida ko‘p yozilyapti. Nishondagi nomzodlar qatoriga “Nyukasl” to‘purari Aleksander Isaak ham qo‘shildi.
Shved hujumchisi bosh murabbiy Eddi Xou qo‘l ostida gol-mashinasiga aylandi. Joriy mavsumning dastlabki 22 ta o‘yinida Isaak 15 ta gl va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
“Nyukasl” o‘z hujumchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. To‘purarni olishni istagan klublar 150 million evro miqdorida badal puli to‘lashi talab etiladi.
Fikrlar