Bahodir Sidiqov O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining yangi raisi etib saylandi

CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi o‘tkazildi. Unda Sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, mamlakat engil atletika federatsiyasi mutasaddilari va Ijroiya qo‘mita a’zolari ishtirok etishdi.

Tecno

Tadbirda dastlab engil atletikachilarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ko‘rayotgan tayyorgarligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng konferentsiya kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala - O‘zbekiston engil atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi. Shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan va o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgan Mehriddin Abdullaev o‘rniga Ijroiya qo‘mita tavsiyasiga binoan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Sidiqov Bahodir Bahromovich nomzodi tasdiqlandi. Delegatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Bahodir Sidiqov O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.

Shu tariqa O‘zbekiston engil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi o‘z ishini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi paytgacha faqatgina 1 nafar o‘zbekistonlik engil atletikachi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan. Shohrux Davlatov Frantsiya poytaxtida bo‘ladigan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqada marafon dasturida ishtirok etadi.

Baxtiyor Toshtemirov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!