
Babayanning murabbiylar shtabida ishlab kelgan mutaxassis endi U-21 jamoasini boshqaradi
Xabaringiz bor, “Navbahor”ning asosiy tarkibiga munosib, yosh iqtidorli futbolchilarni etkazib berish vazifasini amalga oshirib kelayotgan U-21 yoshlar jamoaci U-21 birinchiligining joriy mavsumida omadsiz ishtirok etmoqda.
Albatta, ushbu salbiy natijalar klub rahbariyatini ham qoniqtirmasdi. Shu bois, bugun "Navbahor" U-21 jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi.
“Navbahor”ning sobiq futbolchisi, bungacha Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Sherzod Jo‘raev “Navbahor-U-21” yoshlar jamoasi murabbiyi etib tayinlandi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar