
BAA liga kubogi. "Shabab Al-Ahli" penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi, legionerimiz mo‘ljalda adashmadi
BAA liga kubogi chorak final bosqichi doirasidagi "Al-Jazira" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda maydon egalari zafar quchdi.
Umar Traore hamda Ashraf Bensharki tomonidan urilgan gollarga dubayliklar Gilerme Bala va Cheytsna Dumbiyaning aniq zarbalari evaziga javob qaytardi. Penaltilar seriyasda "Jazira" 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
"Shabab" safida o‘ynayotgan legionerimiz Aziz G‘aniev to‘liq harakat qildi va lotereyada raqib darvozabonini ojiz qoldirdi.
Fikrlar