
BAA chempionati. "Shabab Al-Ahli" safarda g‘alaba qozondi, G‘anievdan assist (video)
BAA Premer ligasi 11-turidan o‘rin olgan "Al-Vasl" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, hisob mezbonlar vakili Jilberto Oliveyra tomonidan ochildi. Bunga dubayliklar tarkibida Yusuf Jaber hamda Igor Jezus 1 marotabadan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, gollardan biriga Aziz G‘aniev assistentlik qildi.
Ushbu g‘alaba natijasida legionerimizning jamoasi turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar