
Azizbek Abdugafurov yana ringga qaytmoqda. Raqib o‘ta jiddiy
Professional boksning super o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdugafurov (13-1, 5KO) bir necha muddat tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytishi kutilmoqda.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Abdugafurov 29 aprel kuni Rossiyaning Moskva shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida mezbon bokschi, sobiq WBA Gold kamari egasi, WBC reytingida 12, WBO reytingida 10-pog‘onani egallab turgan Fedor Chudinovga (25-2-1, 17KO) qarshi jang o‘tkazadi.
Fikrlar