
Azim Ahmedov "Turon"da qaysi raqamni tanladi?
Superligaga qayta olgan “Turon” klubi dekabr oyidayoq bir qator yangi futbolchilar bilan shartnomalar tuzganidan yaxshi xabardorsiz.
“Navbahor”ni tark etgan Azim Ahmedov Baxtiyor Ashurmatovning taklifiga binoan “Turon”ga ko‘chib o‘tdi va shartnoma imzoladi.
Xo‘sh, “Navbahor”ning sobiq sardori va etakchisi yangi klubda qaysi raqamda to‘p suradi?
Ahmedov kuni kecha Sports.uz saytiga bergan intervyusida jurnalist Shuhratbek Jo‘raevning “Turon”da qaysi raqamda to‘p surishi haqidagi savoliga futbolchi shunday javob qaytardi:
“Xudo xohlasa, 7-raqamda o‘ynayman. Bu raqam bo‘sh turgan ekan. Shuni berishdi. Yana 7-raqamda ko‘rasizlar”.
Fikrlar