Azar "Levante"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, Zidan uni qaydnomaga kiritdi

  • 14 sentabr, 2019, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 4-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi.

Tecno

E’tiborlisi, jarohati sabab mavsum startini o‘tkazib yuborgan belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar ham ushbu qaydnomaga kiritildi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Eder Militao, Marselo.

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Eden Azar, Xames Rodriges, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich. 

Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Levante" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!