"Ayrim futbolchilarimiz tarkibimizga O‘zbekistonda qo‘shilishadi" - Tojikiston terma jamoasi ustozi Namangandagi turnir oldidan qanday fikrda?

  • 20 mart, 2022, 11:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston milliy terma jamoasini ham Namanganda tashkil etiladigan “Navruz Cup-2022” xalqaro musobaqasida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Tecno

Bilsangiz kerak, tojikistonliklar yaqinda yangi bosh murabbiyni tayinlashdi. Xorvatiyalik Petr Segrt yangi lavozimda ishga kirishgan. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, O‘zbekistonda tashkil etilayotgan kichik turnir Segrt uchun Tojikiston terma jamoasidagi ilk yig‘ini va musobaqasiga aylanadi.

Hozirda yangi bosh murabbiy e’tiborini Namangandagi bo‘lajak uchrashuvlarga qaratgan. Undan oldin esa Tojikiston futbol ligasi Kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu turnir yakunida Petr Segrt “Navruz Cup-2022” uchun Tojikiston terma jamoasiga chaqirilgan 25 nafar o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Tojikistonliklar 25 mart kuni Namanganda Uganda terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Xorvatiyalik mutaxassis quyidagicha munosabat bildirdi.    

- Men “Navruz Cup-2022” musobaqasi uchun Tojikiston terma jamoasiga taklif qilingan 25 nafar futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildim. Zaxira ro‘yxatiga esa darvozabon Qurbonali Boboev, himoyachi Boxir Sanginboev, Abdumo‘min Zabirov, shuningdek, hujumchi Abduxalil Boronov kabi o‘yinchilar ham kiritilgan. Asosiy tarkibdagi futbolchilardan kimdir jarohat olsa yoki betob bo‘lib qolsa, terma jamoaga yuqoridagi o‘yinchilar taklif qilinadi.

tojik_4

Tojikiston futboli ligasi Kubogi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida men va yordamchilarm uchun juda qiziq o‘tdi. “Xatlon” klubini turnirda g‘olib chiqqani bilan tabriklayman. Bundan tashqari, mos ravishda 2- va 3-o‘rinlarni egallagan “Ravshan” va “Esxata” klublarini ham muborakbod etaman. Men musobaqa davomida ko‘plab uchrashuvlarni kuzatdim. Aprel oyida esa “Istiqlol” o‘yinchilarining Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini tomosha qilish maqsadida Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtiryapman.

petr1

Kubok musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Ushbu turnirni o‘tkazgan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Chunki barchasi ko‘ngildagidek tashkillashtirilgan. Menda barcha futbolchilar yaxshi taassurot qoldirishdi. Ular qiyin ob-havo sharoitida harakat qilishdi. Shu bois bir nechta vaziyatlardan to‘liq foydalana olishmadi. Shunga qaramay, bor imkoniyati bilan kurashishdi.  

Yana shuni ham aytishim kerakki, oliy liga murabbiylari bilan o‘rtamizda maydon tashqarisida o‘zaro muloqot ham bo‘lib o‘tdi. Ular menga juda yaxshi ma’lumotlarni etkazishdi. Shuningdek, Tojikiston futboli madaniyatiga doir ko‘plab yangi ma’lumotlarni ham bilib oldim. Lekin yana shuni ham aytmoqchimanki, aprel oyida Tojikiston chempionati va Osiyo Chempionlar ligasi boshlanishidan avval Tojikiston terma jamoasi bilan dastlabki turnirda qatnashishimiz kerak. Shunday ekan, bo‘lajak musobaqa o‘yinchilarimizni ish ustida hamda kuchli raqib bosimi ostida ko‘rib olishimga imkon beradi.

petr2

Terma jamoadagi ko‘plab o‘yinchilar bilan ilk uchrashdik. Ayrim futbolchilar esa terma jamoamiz safiga O‘zbekistonda qo‘shilishadi. Yaqin oylarda barcha futbolchilarni Tojikiston chempionati doirasida ko‘rib olish uchun bizda ko‘p vaqt bo‘ladi. Shuni ham aytmoqchimanki, Tojikiston terma jamoasi eshiklari barcha futbolchilar uchun ochiq. Bu shunchaki shior emas, balki mening pozitsiyam, - deydi Segrt.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!