Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi final o‘yiniga Qarshi shahri mezbonlik qiladi

  • 12 oktabr, 2022, 17:23
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bilasiz, 9 oktyabr kuni ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi va final ishtirokchilari nomiga aniqlik kiritildi.

Unga ko‘ra, 5 noyabr kuni “Bunyodkor-W” jamoasi kubok uchun kurashda “Sevinch”ga qarshi bahs olib boradi.

Bir yil muqaddam kubokning final uchrashuviga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilgandi. Shundan kelib chiqib, 2022 yilgi mavsum uchun final uchrashuvi Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!