
Axror Asrorov: Qozog‘istondagi turnir orqali Tailandga boradigan tarkibni aniqlab olamiz
Mazkur musobaqada Axror Asrorov boshqaruvidagi "Tornado" klubi sportchilari ishtirok etishi borasida xabar bergan edik. Bo‘lajak musobaqa oldidan esa murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.
"Ushbu turnir biz uchun katta tajriba maktabini o‘taydi. Boisi, bu musobaqada bir qator kuchli taekvondochilar qatnashishadi. Shogirdlarimning tayyorgarligi juda ham yaxshi. Xudo xohlasa, oltin medallarni qo‘lga kiritib, bizni xursand qilishadi degan umiddaman. Shuningdek, biz bu erda mahalliy "JeBe" klubi bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz.
Mazkur musobaqada g‘olib bo‘lganlar 27-28 iyul kunlari Tailandda o‘tadigan yana bir nufuzli turnirda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishadi", - dedi murabbiy.
Fikrlar