
"Axmat" futbolchisiga birgina gol uchun Hyundai avtomobili sovg‘a qilindi (foto)
"Berisha Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat Xoji Qodirov nomidagi mintavaviy fond tomonidan Hyundai Solaris avtomobili bilan taqdirlandi.
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘nggida u ajoyib gol kiritishga erishdi. U har bir o‘yinda bor kuchini berib, jamoasi uchun qayg‘uradi. Berisha haqli ravishda "Axmat" - "Tambov" (1:1) bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aminmanki, jamoamizning ulkan g‘alabalari hali oldinda", - deb yozdi Daudov o‘zining "Instagram" sahifasida.
Fikrlar