Avstraliya ustozi: "Qo‘pol xatomiz qimmatga tushdi"

  • 4 dekabr, 2022, 11:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold jamoasining 1/8 final bosqichidan chiqib ketgani haqida gapirdi.

Tecno

Avstraliyaliklar Argentinaga chorak finalda mag‘lub bo‘ldi (1:2). Uchrashuvning 35-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Xulian Alvares janubiy amerikaliklarning ustunligini ikkitaga etkazdi. Uchrashuv so‘ngida argentinaliklarning avtogoli Avstraliyaning o‘yinga qaytishiga biroz yordam bergandi, biroq Arnold jamoasining kuchi bundan ko‘piga etmadi.

"Biz o‘yin boshida yaxshi himoyalandik, ammo keyin Lionel Messi ajoyib gol urib, maydondagi vaziyatni o‘zgartirdi. Ikkinchi bo‘limda yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatomiz bizga qimmatga tushdi", - deydi avstraliyaliklar bosh murabbiyi matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!