“Avliyolar” bu sharmandalikni hech qachon unutmaydi

  • 26 oktabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyada “Sautgempton”ni kurashuvchan jamoa sifatida e’tirof etishadi.

Tecno

Biroq bu jamoa tarixida Angliya Premer-ligasida qayd etilgan ikki sharmandali natijani muxlislar hali hamon hazm qila olmay keladi.

“Sautgempton” futbolchilari 2019 yili o‘z maydonida “Lester Siti” jamoasini qabul qiladi. Hujumkor o‘yin ko‘rsatgan “tulkilar” mezbonlar jamoasini to‘qqiz marta ishg‘ol qiladi. “Avliyolar” bitta javob to‘pini kiritishga ham ojizlik qiladi.

Oradan ikki yil o‘tib, “Sautgempton” xuddi shu hisobda “Old Trafford”dan mag‘lub holda qaytadi.

Qizig‘i shundaki, 0:9 hisobida yakunlangan har ikki o‘yinga ham jamoani Ralf Xazenxyuttl tayyorlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!