
Autsayder “Siti”ni qiynagan o‘yin manchesterliklarga rekord keltirdi
Angliya Premer-ligasining sakkizinchi turidagi eng keskin va murosasiz uchrashuv amaldagi chempioni “Manchester Siti” hamda joriy mavsum autsayderi “Vulverxempton” o‘rtasida kechdi.
Atigi bir ochko jamg‘argan “bo‘rilar” o‘z maydonidagi uchrashuvning ettinchi daqiqasidayoq Yyorgen Strann Larsen zarbasidan keyin hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Xosep Gvardiola shogirdlaridan Yoshko Gvardiol tanaffusgacha hisobni tenglashtirdi. O‘yindagi to‘xtalishlar evaziga qo‘shib berilgan vaqtning beshinchi daqiqasida esa, Jon Stounz g‘alaba to‘pini kiritdi.
Himoyachilar “shaharliklar”ga uch ochko keltirgan bu uchrashuvda “Manchester Siti” o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasi bo‘yicha rekordini yangiladi.
Manchesterliklar Angliya Premer-ligasida qatorasiga 31-bellashuvni mag‘lubiyatsiz yakunladi.
Fikrlar