
ATP. Dominik Tim amaldagi chempiondan revansh oldi
London shahri tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yilning yakuniy turniriga mezbonlik qilmoqda. Bugun guruh bosqichidan o‘rin olgan ilk o‘yin o‘tkazildi.
Unda kortga chiqqan avstriyalik Dominik Tim hamda gretsiyalik Stefanos Tsitsipas o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Setlarning dastlabkisini tay-bekda o‘z foydasiga hal etgan Tim ikkinchi setni boy berdi. Biroq hal qiluvchi setga jismonan va ruhan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan avstriyalik raketka ustasi qiyin bahsda zafar quchdi.
Ushbu g‘alaba har ikki sportchi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi, ular o‘tgan mavsum aynan ushbu turnir finalida duch kelgan va unda yunon tennischisi titulga ega chiqqandi.
Fikrlar