"Atletiko" prezidenti: "Kurtua ovozingni o‘chir!"

  • 16 mart, 21:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Tibo Kurtuaning gaplariga javob qaytardi.

Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichidagi g‘alabadan so‘ng "Real" darvozaboni "Atletiko"ni noluvchilar deb atagan va Xulian Alvaresning penaltilar seriyasidagi goli to‘g‘ri bekor qilinganiga ishonch bildirgan edi.

- Kurtua jim bo‘lishi va o‘zini bosishi kerak. U "Atletiko"da o‘ynaganidan minnatdor bo‘lishi lozim.

Tecno

U ajoyib darvozabon, ammo ilgarigidek jentlmen bo‘lishi kerak, - deya Seresoning so‘zlarini keltirmoqda ispan ommaviy axborot vositalari.

Ma’lumot uchun, Tibo Kurtua 2011-2014 yillarda "Atletiko" darvozasini qo‘riqlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!