"Atletiko Madrid" tarbiyalanuvchisi: "Simeone juda talabchan. Undan ko‘p narsa o‘rganganman"

  • 14 oktabr, 2024, 06:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Borxa Martines "Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diego Simeone qo‘l ostida ishlash haqida gapirdi. Madrid klubining 29 yoshli tarbiyalanuvchisi hozirda Rossiyaning SKA jamoasida to‘p tepmoqda.

Tecno

- "Atletiko"ning asosiy jamoasi bilan faqat bir marta mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazdim va aytishim mumkinki, bu hayotimdagi eng yaxshi mavsumoldi mashg‘ulot bo‘ldi. Men hech qaerda bunday narsani ko‘rmaganman. Simeone juda talabchan murabbiy. U har bir futbolchini 100 foiz borini berishga majbur qiladi. Hatto uning yuklanmalaridan keyin ko‘p futbolchilar toblari qochgan. Hamma uning uchun maksimal darajada ishlay oladi.

Simeonening murabbiy sifatidagi kuchi nimada?

- Simeone o‘zi yuqori saviyali futbolchi edi va shu sababli futbolchilarni yaxshi tushunadi. U hamma uchun to‘g‘ri so‘zlarni tanlashni biladi.  Argentinalik murabbiy sizning qalbingizga tom ma’noda kirib boradi.

Diegoda murosa yo‘q. Murabbiyning talablarini bajarsang, 100 foiz o‘ynaysan. Aks holda yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!