
"Atletiko" hujumchisi Milanga, "Inter" hujumchisi esa Madridga yo‘l olishi mumkin
"Inter" va "Atletiko" joriy yozgi transferlar davrida o‘zaro hujumchi almashishlari mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” o‘z safida Alvaro Moratani ko‘rishmoqchi, o‘z navbatida “matraschilar”ga esa Mauro Ikardi kerak. Biroq, Morataning transferi “Chelsi” orqali hal bo‘ladi. Chunki, uning transfer huquqi aynan “aristokratlar”ga tegishli.
Ma’lumot uchun, Morataning “Atletiko” bilan ijara shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. “Inter”ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte esa rahbariyatdan Ikardini sotib yuborishlarini talab qilmoqda.
Fikrlar