"Atletiko" himoyachisi "Barselona" radarida

  • 30 dekabr, 2024, 12:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" chap qanot himoyachisi Reynildu Mandava "Barselona"ning radarida qolmoqda. Avvalroq mozambiklik futbolchi "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

30 yoshli futbolchining "matraschilar" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va kataloniyaliklar uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda, deya xabar bermoqda "Mundo Deportivo". "Ko‘k-anorranglilar" vakillari vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Reynildu 2022 yil boshidan buyon Madrid klubida o‘ynamoqda. Ushbu mavsumda  himoyachi Diego Simeone jamoasida 18 ta o‘yinda qatnashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!