
“Atletiko” golini “Real”ning qaysi yulduzi bekor qildirgani ma’lum bo‘ldi
Evropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida Madridning ikki klubi – “Real” va “Atletiko” o‘zaro to‘qnash kelgan edi.
Har ikki jamoa o‘z maydonidagi uchrashuvda g‘alaba qozongani bois, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
“Atletiko” muxlislari ko‘z o‘ngida g‘alati voqea sodir bo‘ldi. Argentinalik hudumchi Xulian Alvares penaltilar seriyasida gol uradi. Biroq raqib futbolchisi Kilian Mbappe “to‘pga ikki marta tegdi”, deb baqiradi va hakamga murojaat qiladi.
Bu holatdan keyin bosh hakam Shimon Martsinyak VAR hakamlari yordamida vaziyatning videotakrorini ko‘radi va Alvaresning golini bekor qiladi.
Penaltilar seriyasida 4:2 hisobida ustunlik qilgan “Real” futbolchilari keyingi bosqichda “Arsenal” bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar